YouTube’da arxeologlar Quddusda joylashgan Bo‘sh Qabr ibodatxonasida Iso Masih ko‘milganligi taxmin qilingan joydan Masih lojasining marmardan ishlangan dafn plitasini yechib olayotgani aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Plita 1555-yilda o‘rnatilgan edi. Uning ostidan ko‘p miqdorda tosh materiallar topildi. Endilikda olimlar rivoyatlarda Iso Masih tanasi yotqizilgan joy deb aytiladigan tosh sath aslida qanday bo‘lganini aniqlashi kerak bo‘ladi.
https://www.youtube.com/watch?v=B77qm7r8Tq4
Eslatib o‘tamiz, oldinroq olimlar XVI asrdan beri birinchi marta Masih lojasining marmar plitasini ochgani xabar qilingandi.
Izoh (0)