IShID terrorchi guruhi a’zolari o‘tgan hafta davomida Iroqning Mosul shahrida 232 kishini qatl qildi. Bu haqda, BMT xabariga asoslanib, “Interfaks” yozmoqda.
O‘ldirilgan tinch fuqarolarning 190 nafari sobiq xavfsizlik kuchlari xizmatchilaridir. BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamsadoniyning ma’lum qilishicha, qolgan 42 kishi IShID saflariga qo‘shilishdan bosh tortgani tufayli o‘ldirildi.
Iroq armiyasining Mosulni ozod qilish bo‘yicha yer usti operatsiyasi 17-oktabr kuni boshlangan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan
Izoh (0)