Hindiston hukumati Pokiston diplomatik missiyasi xodimini Islomobod foydasiga josuslikda ayblab, 29-oktabrga qadar mamlakatni tark etish talabini qo‘ydi. Bu haqda 27-oktabr, payshanba kuni AP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Pokiston tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Hindiston ayblovlarini yolg‘on va asossiz deb atadi.
Hindiston tomonining taxminiga ko‘ra, Pokiston diplomatik missiyasi viza bo‘limining xodimi hind qo‘shinlarining Hindiston va Pokiston chegarasida joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullangan. Hindiston xavfsizlik xizmati xodimlari uni olti oy davomida kuzatgan, shundan so‘ng qo‘lga olgan. Uning yonidan maxfiy hujjatlar topilgan.
Keyinroq u diplomatik maqomi tufayli ozod etilgan.
Ushbu ish yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida Hindistonning Rojasthon shtatida ikki kishi hibsga olingan. Ular diplomatga ma’lumot yetkazishda ayblanmoqda.
Izoh (0)