“O‘zbekistonning SOS bolalar qishloqlari” Toshkent filiali SOS-onasi Aziza Muhitdinova 21-oktabr kuni Bokuda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda SOS faxriy tilla uzugi bilan taqdirlandi. Mukofotni SOS Kinderdorf International mintaqaviy direktori Sedlar Zdenko topshirdi, deb xabar beradi UzDaily.
SOS Children’s Villages International xalqaro bolalar qishloqlari uyushmasining “Tilla uzuk” mukofoti 10 yil davomida bolalarni tarbiyalab, ularga mehribonlik ko‘rsatadigan SOS-onalarga minnatdorlik va hurmat ramzi sifatida topshiriladi.
O‘zbekiston hududida “O‘zbekistonning SOS bolalar qishloqlari” uyushmasi 1997-yildan buyon faoliyat yuritadi. Uning Toshkent, Samarqand shaharlari hamda Xorazm viloyatidagi filiallari yetim bolalar farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni ijro etib kelmoqda.
Aziza Muhitdinova 2002-yildan buyon Toshkent filialida SOS-ona sifatida faoliyat yuritib keladi. U SOS qishloqdagi 14 bola uchun chinakam qarindosh va yaqin insonga aylandi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)