O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar O‘zbekistonga ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 10-xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun kelgandi.
Suhbat chog‘ida o‘zbek—afg‘on aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish holati hamda istiqbollari, oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama etildi.
Uchrashuvda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayyod Shahobiddin Temuriy ishtirok etdi.
Izoh (0)