Viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda “Samarqand muzeylari” nomli yangi saytni ishga tushirdi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” xabar bermoqda.
Dizayni kishini befarq qoldirmaydigan yangi saytdan “Yangiliklar”, “Muzeylar”, “Ko‘rgazmalar”, “Virtual sayohat” kabi bo‘limlar o‘rin olgan. Foydalanuvchilar o‘lkashunoslik muzeyi, Sadriddin Ayniy uy-muzeyi, Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi va boshqa muassasalar haqida to‘liq ma’lumot olishi, ularga taalluqli suratlarni tomosha qilishi mumkin.
Sayt yaratuvchilari Registon ansambli, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek observatoriyasi, Go‘ri Amir, Shohi Zinda, Oqsaroy maqbaralari bo‘ylab virtual sayohatga taklif etadi. Ushbu bo‘limda fotosuratlar 3D shaklida bajarilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga qadimiy obidalarni yanada yaqqol his etish imkonini beradi.
Izoh (0)