Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Antonio Somma boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv “Yevrosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish” dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi UzDaily.
Tomonlar raqobat muhitini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama etdi. Bu borada yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi.
Qo‘mita xodimlari delegatsiya a’zolari uchun “Eksport salohiyati va savdo taraqqiyoti: yangi imkoniyatlar va sinovlar” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Izoh (0)