O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tijorat taklifini elektron yuborish xizmatini joriy qildi, deb yozdi tashkilotning Telegram’dagi kanali. Elektron ariza to‘ldirish interaktiv xizmati tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotni horijga eksport qilishiga amaliy ko‘mak berish uchun ishga tushgan.
Bunda savdo-sanoat palatasi tijorat taklifini tijorat tarmoqlariga, ulgurji savdo bilan va import bilan shug‘ullanadigan xorijiy korxonalarga, hamkorlariga tegishli murojaat yuboradi.
Tijorat taklifi unda ko‘rsatilgan mahsulot va maqsadli eksport bozorlar bo‘yicha o‘rganilishini inobatga olib, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)