Ufada 14 va 17 yoshli ikki maktab o‘quvchisi ko‘p qavatli uydan pastga sakradi. Ularning jasadlari topilganligi munosabati bilan Boshqirdiston tergov boshqarmasi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tegishli xabar boshqarma saytida chop etildi, deb yozadi “RBK”.
Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa 25-oktabr, seshanba kuni Kirov ko‘chasida yuz berdi. Tergov boshqarmasi tomonidan Neftekamsk shahrida istiqomat qilgan 17 yoshli va Ufa shahrida yashagan 14 yoshli o‘quvchi qizlarning jasadini topdi. Ularda balandlikdan qulashga xos shikastlanishlar aniqlangan.
Hozirgi paytda tergovchilar hodisa vaziyatlarini aniqlamoqda va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov doirasida bir qator ekspertizalar, jumladan, tibbiy va ruhiy-psixologik kompleks tekshirishlar tayinlanadi.
Izoh (0)