Qulay “Kassa.uz” xizmati konsert-tomosha tadbirlariga elektron chipta sotib olish imkonini beradi.
Uznetda konsert yoki teatr tomoshasiga chiptalarni internet orqali sotib olish imkonini beruvchi qulay servis ishga tushdi. Endi navbatda turish, yo‘lga vaqt sarflash yoki xafsalani pir qiladigan “Chipta qolmadi!” degan gapni eshitishga hojat yo‘q. Kassa.uz’da sanoqli daqiqalar ichida spektakl yoki konsertga chipta tanlab, uni sotib olish mumkin.
Onlayn chiptalarni sotib olish jarayoni juda ham oddiy: spektaklni tanlash, tomosha zalidagi o‘rinni belgilash (agar tomosha parterda qo‘yilsa, bo‘sh o‘rinlar ko‘k rang bilan, agar amfiteatrda bo‘lsa, qizil rang bilan ajratib ko‘rsatiladi), “Sotib olish” deb yozilgan yashil tugmani bosish, buyurtmani rasmiylashtirish shaklini to‘ldirish va to‘lovni tasdiqlash kerak, xolos.
Tizim sizdan plastik kartangiz raqamini ko‘rsatishni so‘radi, to‘lov o‘tganidan so‘ng elektron pochta manzilingizga elektron chipta bilan birga xabarnoma keladi. Bosmadan chiqarib olingan elektron chiptani teatr yoki konsert zali kassasida ko‘rsatsangiz, sizga klassik (haqiqiy) chipta taqdim etiladi.
“Kassa.uz” orqali Mark Vaylning “Ilhom” teatriga, Qo‘g‘irchoq teatriga, Davlat sirkiga, KVNga, biznes-trening va boshqa ko‘plab tadbirlarga chipta sotib olish mumkin. Yaqin vaqt ichida foydalanuvchilarda Toshkentdagi aksariyat spektakllar, konsert dasturlari, kinopremyeralar va sport musobaqalari chiptalarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. Servis saytining o‘zbek tilidagi muqobili ham bor.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)