25-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha faqat Qamchiq dovonida qor yog‘di. “O‘zgidromet” markazi axborotiga ko‘ra (.pdf), hududda 1 millimetr qor yoqqan.
Bundan tashqari, 25-oktabr kuni kunduzi va 26-oktabrga o‘tar kechasi Yangiyo‘l, Sirdaryo, Qo‘rg‘ontepa shaharlarida biroz yomg‘ir kuzatilgan, mamlakatning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik qayd etilmagan.
O‘zbekiston viloyat markazlari va yirik shaharlarida 25-oktabr kuni kunduzi havo haroratining eng yuqori darajasi shunday bo‘ldi: Nukusda +4 daraja, Urganchda +5 daraja, Andijon, Farg‘onada +9 daraja, Toshkent, Buxoro, Jizzax, Guliston, Namanganda +10 daraja, Navoiyda +11 daraja, Samarqandda +13 daraja, Qarshida +14 daraja, Termizda +16 daraja iliq.
O‘zbekiston viloyat markazlari va yirik shaharlarida 26-oktabrga o‘tar kechasi havo haroratining eng past darajasi shunday bo‘ldi: Nukusda -7 daraja, Urganchda -6 daraja, Toshkent, Buxoro, Jizzaxda -1 daraja sovuq, Samarqandda 0 daraja, Guliston, Qarshi, Termiz, Namangada +1 daraja, Andijonda +4 daraja, Farg‘onada +5 daraja iliq.
Ma’lumot uchun, 26-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekiston bo‘yicha eng past havo harorati Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda havo harorati -10 darajagacha pasaygan. Mamlakat bo‘yicha eng kuchli shamollar (soniyasiga 18 metr) ham shu yerda qayd etilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)