Valensiyadagi avtomobillarni kesish maydonchasi egasi doimiy ravishda uning hududiga kirib olayotgan o‘g‘rilardan charchagani tufayli qat’iy choralar ko‘rishga qaror qildi. Bu haqda, The Local nashriga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
O‘tgan yozda uning hududiga yetti marta o‘g‘rilar kirdi. Ular itlardan mutlaqo qo‘rqmay, hatto to‘rt jonivorni o‘ldirdi ham. Shu bois endilikda mashinalar uyumini buqalar qo‘riqlaydigan bo‘ldi. Bular dalaga olib chiqiladigan oddiy buqalar emas, balki korridada ishtirok etish uchun maxsus yetishtiriladigan buqalardir.
Buqalar bog‘lanmagan bo‘lib, eski mashinalar saqlanadigan hududda erkin yuradi. Ular kuchi va g‘azabkorligi bilan ajralib turadi.
Izoh (0)