Futbol bo‘yicha Xorvatiya chempionatining ikkinchi divizioni doirasida “Sesvete” va “Dugopolye” klublari o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan hakam darvoza to‘ridagi teshik tufayli penaltidan kiritilgan golni inobatga olmadi. Ushbu holat aks etgan video YouTube’dagi Meregeo Videos kanalida e’lon qilindi.
Xorvatiyalik hakam Tino Krechak “Sesvete” a’zosi Ante Aralitsning zarbasi darvoza to‘ridan joy olmagan deb hisobladi. Takroriy vaziyatda esa to‘p darvozaga kirgani, ammo to‘p to‘rning yirtilgan qismidan chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi.
Izoh (0)