2014-yil oktabrida Moskvaning “Vnukovo” aeroportida Fransiyaning Total neft-gaz kompaniyasi prezidenti Kristof de Marjerining samolyoti halokatga uchrashiga asosiy sabab — aeroport ishidagi ko‘plab buzilishlar. Bu haqda Xalqaro aviatsiya qo‘mitasining hisobotida aytildi, deb xabar beradi TJournal.
Hisobotda halokatga sabab bo‘lgan 16 ta turli omil sanab o‘tildi. Ular orasida tibbiy personal tomonidan maxsus mashinalari haydovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibining buzilishi alohida ko‘rsatilmoqda. Qo‘mita vakillarining fikricha, bundan foydalangan haydovchilar ish paytida spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, aeroportda uchish maydoni nazorat tizimi bilan ishlash tartibining buzilishi, qor kurovchi mashina haydovchisi maydonda ishlash paytida mo‘ljalni yo‘qotgani hamda Falcon 50EX’ning konstruksiyasidagi o‘ziga xosliklar omillar qatorida bor.
Izoh (0)