Malta aeroportida 24-oktabr, dushanba kuni yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi bortida Yevroittifoq chegara xizmatining mansabdorlari bo‘lgan.
Voqea guvohlarining aytishicha, samolyot havoga ko‘tarilayotgan vaqtda o‘ng tomonga og‘ib, yerga urildi.
Havo kemasi Liviyaning Misurota shahriga yo‘l olayotgan edi.
Izoh (0)