Toshkentda Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan tezkor shaxmat bo‘yicha “Shaxmat Yulduzlari” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov jami 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, 10 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra 8 ochkoga ega bo‘lgan ozarbayjonlik Shaxriyor Mamadiyorov 1-o‘rin va 20 ming dollarni qo‘lga kiritdi.
Isroillik Boris Gelfand 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va 12 ming dollarga ega chiqdi. So‘nggi o‘rinni egallagan ukrainalik Ruslan Ponomaryov 8 ming dollar bilan taqdirlandi.
Izoh (0)