Facebook kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg Donald Trampning o‘ta keskin postlari senzuraga duch kelmasligi va ularni ijtimoiy tarmoqda bloklamaslik haqida shaxsan buyruq berdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, Sukerberg AQSh prezidentligiga nomzodning bayonotlarini bloklamaslik haqidagi qarorini o‘tgan yilning dekabridayoq qabul qilgan edi. Ijtimoiy tarmoq asoschilaridan biri o‘z pozitsiyasini Respublikachilar partiyasining saylovoldi poygasi yetakchisi barcha musulmonlarning AQShga kirishini taqiqlashni yoqlasa ham unga nisbatan senzura qo‘llashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi bilan asoslagan.
Sukerbergning qarori uning qo‘li ostida ishlovchi aksariyat xodimlarning shikoyatlariga sabab bo‘ldi. Ulardan ba’zilari ijtimoiy tarmoq axloq normalarining buzilishidan shikoyat qilsa, boshqalari norozilik belgisi sifatida ishdan bo‘shash bilan tahdid qilgan.
Facebook matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, har bir alohida holatda asosan qarashlarning keskinligi emas, bildirilgan fikrlarning ma’nosi o‘rganiladi.
Izoh (0)