• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQSHdagi o‘zbek sportchisi: og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Farhodbek Sobirov hikoyasi

    Nyu Yorkning Bruklin borosidagi U avenyusiga Ocean avenyusi tomondan kirib kelsangiz, bu ko‘cha nomi shunchaki ingliz alifbosidagi “U” harfiga ko‘cha emas, “Uzbekistan” so‘zining birinchi harfiga atalgandek.

    Qatorasiga bir nechta o‘zbekcha restoran, o‘zbeklarga xizmat ko‘rsatuvchi do‘konlar va hokazo. Undagi “Sherdor” restoraniga tunislik do‘stim bilan kirdim, o‘zbek oshxonasi, tili va madaniyati bilan tanishtirdim, unga yoqdi. Chiqayotganimizda bir tanishimni ko‘rib qoldim, u o‘tirgan stoldagilar bilan so‘rashdim. Keyingi stolda esa yana 6 kishi bilan ko‘rishdim, ular meni tanishmasdi, ammo men ularni tanidim. Televizorda ko‘rganman. Ular o‘zbekistonlik sportchilar edi.

    Og‘ir atletikachi, bokschi, dzyudochi va boshqa sport turlari chempion hamda sovrindorlari. Do‘stim “O‘zbekistonda hamma bir-birini taniydimi deyman?” deb kuldi, bular mashhur o‘zbekistonliklardan ekanini tushuntirdim.

    AQSHda o‘zbekistonlik sportchilar ko‘p, ularning ko‘pchiligi O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab katta muvaffaqiyatlarga erishib, Amerikada o‘z karyeralarini davom ettirish uchun kelishadi. Ulardan biri og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Farhodbek Sobirov hikoyasi orqali okean ortiga ko‘chish sabablari, u yerda atletlarimiz nima bilan bandligi hamda AQSHdagi sport sohasi haqida gaplashdik. 

    Farhodbek Sobirov haqida

    Farhodbek Sobirov 1997-yil 10-sentyabrda Xivada tug‘ilgan. Yoshligidan sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan. Sportning aynan og‘ir atletika yo‘nalishini tanlashi ham tasodifiy emas. O‘zning xotirlashicha, og‘ir atletika bilan shug‘ullanadigan qarindoshi sabab unda bu sport turiga qiziqish uyg‘ongan.

    “Oilamizda sport doimo qadrlangan. Qarindoshim qanday shug‘ullanayotgani, sportdagi qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Shundan keyin men ham o‘zimni og‘ir atletikada sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim va mashg‘ulotlarning birinchi kunidanoq bu sport aynan men uchun ekanligini angladim”.

    U qatnagan birinchi sportzalda shart-sharoit haminqadar bo‘lgan. Shunga qaramay, 12 yoshidayoq ijobiy natijalar qayd eta boshladiki, murabbiylari u bilan alohida shug‘ullanadigan bo‘lishdi.

    Muvaffaqiyatlar silsilasi

    Farhodbekka ilk muvaffaqiyatni 2014-yilda Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan Yoshlar Olimpiya o‘yinlari olib keldi. O‘shanda u 85 kg gacha vazn toifasida ikki kurash yakuniga ko‘ra 321 kg (dast ko‘tarishda 147 kg, siltab ko‘tarishda 174 kg) natijani qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
    Bu uning yorqin karyerasi boshlanishi edi xolos. Oradan atigi 2 yil o‘tib, 2016-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ajoyib natija qayd etdi – dast ko‘tarishda 170 kg, siltab ko‘tarishda esa 203 kg toshni bo‘ysundirib, musobaqaning oltin medalini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

    “O‘sha lahzada eng oliy mukofotlar uchun ham da’vogarlik qila olishim mumkinligini tushunib yetdim. Bungacha shunchaki shug‘ullanardim, murabbiyimning topshiriqlarini bajarardim. Biroq Tbilisida o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchim ortdi”.

    2017-yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 19 yoshli Farhodbek Sobirov o‘zbek og‘ir atletikasi tarixidagi yorqin natijalardan birini ko‘rsatdi. 94 kg vazn toifasida qatnashgan Farhodbek umumiy hisobda 390 kg og‘irlikni bo‘ysundirdi va shaxsiy rekordini yangiladi. Uning natijalari ayrim olimpiyachilarnikidan ham o‘zib ketib, kuchli sportchi sifatida xalqaro darajada e’tirofga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

    Bu ko‘rsatkich ko‘plab tajribali sportchilar, jumladan, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada siltab ko‘tarishda 160 kg natija ko‘rsatgan amerikalik og‘ir atletikachi Kendrik Farrisnikidan ham yuqori edi.

    “O‘zbekistonlik Kendrik Farris” yoxud xalqaro e’tirof

    E’tiborlisi, u Olimpiya chempioni Kendrik Farrisni ortda qoldirgandi. Farris Rio-2016 Olimpiadasida siltab ko‘tarishda 197 kg va umumiy 357 kg natija qayd etgandi.

    Farhodbek hali yosh bo‘lishiga qaramay, Olimpiya o‘yinlari g‘olibidan 33 kg ko‘proq vaznni bo‘ysundirgandi. Bu og‘ir atletika olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, ekspertlar uni kelgusida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining potensial g‘olibi sifatida ko‘ra boshlashdi.

    Ushbu chiqishidan so‘ng xalqaro sport nashrlari o‘zbek og‘ir atletikachisining shiddat bilan o‘sib borayotganini e’tirof eta boshlashdi.

    Jumladan, Amerikaning “The Barbell Spin” portali quyidagicha yozdi: “Farhodbek Sobirov 19 yoshida Olimpiadadagi Kendrik Farrisdan ko‘proq vazn ko‘tardi!”

    Albatta, bunday muvaffaqiyat e’tibordan chetda qolmadi, xorijiy sport klublarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur musobaqadan keyin u bir necha xalqaro tashkilotlardan takliflar oldi va yirik musobaqalarda o‘zini ko‘rsatish uchun faoliyatini AQSHda davom ettirishga qaror qildi.

    Nega aynan AQSH?

    Jahon arenalaridagi yorqin chiqishlaridan so‘ng, Farhodbek kutilmagan qaror qabul qildi – u AQSHga ko‘chib o‘tdi. Bu ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Karyera zo‘r ketyapti, yurtdoshlarining olqishlari, davlatning qo‘llab-quvvatlovi – axir, sportchiga bundan ortiq yana nima kerak bo‘lishi mumkin?
    Farhodbekning o‘zi esa bu qarorini quyidagicha izohlaydi:

    “Men bu yerda kelajak rejalarimni amalga oshirish, sportning og‘ir atletika yo‘nalishiga o‘z hissamni qo‘shish va uni yanada ommalashtirish uchun zarur barcha imkoniyatlarni ko‘rdim. Sportning bu yo‘nalishida o‘zbek maktabining ham alohida o‘rni bor deb bilaman va uni butun dunyoga yoyish uchun Amerika eng qulay mamlakat”.

    AQSHda sportchilarga katta resurslar, zamonaviy mashg‘ulot bazalari va nisbatan yuqori gonorar beriladi. Bu yerda nafaqat musobaqalarda qatnashish, balki o‘z tajribasini yosh avlodga o‘rgatish imkoniyati bor. Bundan tashqari, AQSH moliyaviy barqarorlik imkoniyati bilan ham sportchilarni o‘ziga jalb qiladi.

    “O‘zbekistonda sport ko‘proq ishtiyoq va fidoyilik bilan bog‘liq. AQSHda esa o‘zing sevgan ishing bilan shug‘ullanib, shu bilan birga o‘zingni himoyalangan his qilishing mumkin. Bu juda muhim omil, ayniqsa, kelajak haqida qayg‘ursangiz”.

    Kelajak rejalari

    Farhodbek Sobirov sportdagi karyerasini davom ettiribgina qolmay, bir vaqtning o‘zida yoshlar orasida og‘ir atletikani ommalashtirishga hissa qo‘shib kelyapti. Hozirda AQSHdagi yetakchi sportzallardan biri bilan shartnoma imzolash arafasida. Bu yerda u mashg‘ulotlar olib borish va yangi musobaqalarga tayyorlanishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, turli sport tashkilotlari bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

    Uning istiqboldagi rejalarida og‘ir atletika bo‘yicha shaxsiy maktabini ochish va bo‘lg‘usi chempionlarni tarbiyalash niyati ham bor.

    “Men nomimni nafaqat erishgan g‘alabalarim tufayli, balki sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissam bilan ham eslashlarini xohlayman. Istagim shuki, zalga kelayotgan bolalar doimo yodda tutishsin – agar astoydil mehnat qilsang, albatta muvaffaqiyatga erishasan”.

    Farhodbek o‘zidagi bilim va tajriba kuchli sportchilarning yangi avlodini shakllantirishga yordam berishiga ishonadi. AQSHdagi shartnomasi esa unga nafaqat musobaqalarda ishtirok etish, balki iqtidorli atletlar bilan o‘z tajribasini bo‘lishish imkoniyatini ham beradi.

    Saidaziz A’zamov suhbatlashdi

    14 fevral, 19:45   Izoh (0)   9652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #aqsh#sport#og‘ir atletika

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Berdimuhamedov Turkmaniston tarixidagi birinchi Olimpiada medali sovrindoriga kvartira va mashina sovg‘a qildi

    24.08.2021, 11:23

    Muhammadqodir Abdullayevdan Bahodir Jalolovgacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar

    01.10.2021, 20:23

    JCh—2022 boshlanishiga bir yildan kam vaqt qoldi. Qatarda futbol muxlislarini nimalar kutmoqda?

    13.12.2021, 12:09

    Navbatdagi mundialdan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi, boksdagi muvaffaqiyatsizlik, Superligadagi janjallar va bevaqt vafot etgan afsonalar. O‘zbek sportida...

    31.12.2021, 09:52

    Parij Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar qancha pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi ma’lum bo‘ldi

    14.02.2022, 18:55

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali

    20.06.2022, 23:51

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali 

    20.06.2023, 23:40

    Ruslan Nuriddinov Olimpiadadagi g‘alaba uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qayerga ishlatganini ma’lum qildi 

    17.07.2024, 18:20

    Muhammadqodir Abdullayevdan Diyora Keldiyorovagacha. Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga oltin medal olib kelgan sportchilar 

    16.08.2024, 18:02

    Paralimpiya haqida faktlar, raqamlar va O‘zbekiston ishtiroki

    28.08.2024, 13:01

    Saratonni yengib, Olimpiada chempioni bo‘lgan va MMA sporti asoschilaridan bo‘lgan Jeffri nega UFC prezidenti Dana Uaytga kerak bo‘lmay qolgan?

    17.09.2024, 14:27

    Abeni yenggan Diyora, Olimpiadadagi eng yaxshi natija, Superligada yangi chempion — o‘zbek sportida 2024-yilning eng yorqin voqealari

    29.12.2024, 14:15

    Infantino – Tramp bilan uchrashgani haqida: “Biz Jahon chempionatlarini muhokama qildik”

    19 yanvar, 17:37

    Sobiq figurali uchuvchi, 40 yoshida moda sanoatida inqilob qilgan, 72 yoshida ham go‘zallik yaratayotgan dizayner Vera Vong hikoyasi

    23 yanvar, 09:53

    XJS prokurori “Tolibon” rahbarlarini hibsga olish uchun order so‘radi 

    23 yanvar, 20:50

    10% boshlang‘ich to‘lov bilan Yunusabad Residenceʼdan xonadon xarid qiling va Hofmann maishiy texnikalarini sovg‘aga oling! 

    28 yanvar, 12:00

    Ronaldinyo, Kaka va Andrey Shevchenko. “Oltin to‘p” sohiblari faoliyati qanday yakunlangan?

    29 yanvar, 23:33

    Yemirilgan suyaklar, chiriyotgan ko‘zlar, zaiflashgan xotira: o‘zbekistonliklar koronavirusdan so‘ng qanday asoratlar bilan to‘qnashmoqda?

    30 yanvar, 16:27

    Bola yelkasidagi yuk: maktab o‘quvchilari sumkasi nega og‘irlashib boryapti?

    31 yanvar, 15:37

    Seriallar va filmlardagi haqiqatda borish hamda dam olish mumkin bo‘lgan mehmonxonalar (foto)

    5 fevral, 13:25

    Instagram: O‘g‘li bilan Toshkentga qaytgan Munisa Rizayeva, “Kalmar o‘yini”ni ko‘rayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev, AQShga ketgan Hosila Rahimova

    5 fevral, 11:24

    APEX INSURANCE sayohat sug‘urtasi: dunyoning istalgan nuqtasida ishonchli hamrohingiz

    7 fevral, 10:30

    “O‘g‘limning ismiga qarab chet ellikka turmushga chiqqanmisiz, deb so‘rashadi”. “Sardor” seriali orqali tanilgan Nigora Karimboyeva 45 yoshda (foto, video)

    12 fevral, 11:14

    AQSH tarkibida dona surgan Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston termasiga qaytdi

    12 fevral, 11:54

    “Bugun bizda xorijiy medialarga ehtiyoj yo‘q, O‘zbekistondagi medialar juda rivojlangan” – Sherzodxon Qudratxo‘ja

    13 fevral, 23:26

    Tramp Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi sababini aytdi 

    14 fevral, 09:04

    AQSH Putin va Netanyaxuni hibsga olishga order bergan prokurorga sanksiya qo‘lladi

    14 fevral, 09:35

    Bu mablag‘ga Netflix yana bitta serial ishlardi: “Kalmar o‘yini”da Son Ki Xun qancha pul yutgan edi? 

    14 fevral, 15:59

    O‘zbekistonda parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni yer solig‘idan ozod etish taklif qilinmoqda

    14 fevral, 12:15

    Jennifer Eniston 56 yoshda: aktrisaning onasi bilan janjali, muvaffaqiyatsiz nikohlari va nega farzandli bo‘lolmasligi haqida

    14 fevral, 12:53

    “Yevropasiz tuzilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi” — Kaya Kallas

    14 fevral, 10:45

    “Ukrainaga yadro quroli berilishi mumkin”: Pentagon rahbari bayonoti

    14 fevral, 11:38

    FT: Putin va Tramp Pasxa bayrami yoki 9-maygacha Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin

    14 fevral, 12:25

    Makron Trampni elektroshokka qiyoslab, Yevropani “mushaklarni kuchaytirish”ga chaqirdi

    14 fevral, 14:02

    X Trampning akkaunti bloklangani uchun 10 mln dollar to‘laydi

    14 fevral, 15:15

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    14 fevral, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.