“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi. Bu haqda, UYeFA matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ishqibozlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Messi 38 foiz ovoz to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni “Lester”ning jazoirlik yarim himoyachisi Riyad Marez 20 foiz ovoz bilan oldi. “Borussiya” a’zosi, gabonlik Pyer-Emerik Obameyang esa uchinchi bo‘ldi — 15 foiz.
Messi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi kechgan uchrashuvda (4:0) xet-trik muallifiga aylandi. Shuningdek, u ishlagan penaltidan Neymar unumli foydalana olmadi.
Izoh (0)