BMT Inson huquqlari kengashi Suriya bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi. Hujjat tashkilot saytida chop etildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Aleppodagi vaziyat ayniqsa hukumat qo‘shinlari hamda ittifoqchilarining shaharning muxolif kuchlar qo‘lidagi tumanlariga uyushtirgan yurishidan so‘ng keskinlashib ketdi. Quroldan, masalan, fugasli bombalar va yonuvchi o‘q-dorilardan noo‘rin foydalanish yuzlab aybsiz odamlar, shu jumladan, 100 nafar bolaning o‘limiga olib keldi”, — deyiladi hujjat matnida.
Tashkilot Suriyadagi harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi, shuningdek, mamlakat rasmiylaridan va ularning ittifoqchilaridan Alepponi bombalashni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.
Bundan tashqari, BMTning Suriya bo‘yicha komissiyasi Aleppoda taftish o‘tkazib, jinoyatlar uchun javobgarlarni aniqlashi haqidagi talab ilgari surildi.
Izoh (0)