AQSh sharqiy sohilbo‘yida foydalanuvchilar ikki soat mobaynida Twitter, Amazon, Spotify, Ebay, Netflix, Vox, Airbnb singari yirik sayt va servislarga kira olmadi. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Dyn kompaniyasining DNS-serverlariga uyushtirilgan DDos-hujum bunga sabab bo‘ldi. U mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7:00 da boshlandi. Soat 9:20 da kompaniya mutaxassislari serverlarni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Hujum orqasida kim turgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)