AQShning Google korporatsiyasi Android operatsiya tizimidagi yetakchilik holatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha Rossiya aksilmonopol xizmati foydasiga chiqarilgan sud qaroriga nisbatan kassatsiya berdi. Bu haqda “Vedomosti” ma’lum qildi.
Rossiya aksilmonopol xizmatiga ko‘ra, Android platformasida Google Play do‘koni ishlashi uchun korporatsiya dasturi majburiy tartibda o‘rnatilishi, boshqa raqobatchi dasturlar imkoniyatini cheklamaslik uchun Google qidirish tizimi foydalanuvchi istagiga ko‘ra ishlatilishi lozim.
Shuningdek, korporatsiya Rossiyada tayyorlanadigan mobil qurilmalari ishlab chiqaruvchilari bilan kelishuvni o‘zgartirishi zarur.
Google xizmat tomonidan Rossiya mobil dasturlar bozoridagi yetakchilik holatini suiiste’mol qilgani uchun 438,1 million rubl jarimaga tortilgandi.
Izoh (0)