“Tolibon” radikal guruhi vakillari Afg‘oniston hukumati bilan maxfiy muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Biz Guardian gazetasining Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar qaytadan boshlangani haqidagi xabarlarini inkor qilamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Guardian’ning ma’lum qilishicha, muzokaralar sentabrda va oktabr oyi boshida Qatarda bo‘lib o‘tgan. Muzokaralarda toliblardan guruh asoschisining ukasi mulla Abdulmannon, Afg‘oniston hukumat tarafidan esa razvedka boshlig‘i ishtirok etgani aytilmoqda.
Izoh (0)