Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov Iroqning Mosul shahriga havo va kosmik razvedka vositalari yo‘llangani haqida bayonot berdi. Ularning yordamida rossiyalik harbiylar shaharni IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiyani uzluksiz kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Al Jazeera

Foto: Al Jazeera

“Biz Mosul atrofidagi vaziyatni kun davomida uzluksiz kuzatib boramiz. U yerga kosmik razvedka apparatlari yo‘llandi, shuningdek, mintaqaga bevosita yaqin hududda o‘nlab havo razvedkasi vositalarimiz ishlamoqda, ular orasida, jumladan, uchuvchisiz apparatlar bor”, — dedi Gerasimov.

Mosulni IShIDdan ozod qilish operatsiyasi 17-oktabr kuni ertalab boshlandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda