Xonanda Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor onalik baxtiga musharraf bo‘lish arafasida turibdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Xonanda Instagram’dagi sahifasiga bo‘lajak farzandi bilan tushgan ilk suratlarini yukladi. “Bu bizning ilk selfi. Siz uchun maxsus, mening suyuklilarim”, – deya izohladi xonanda homiladorligi aks etgan yuqoridagi suratni.
Avvalroq Hulkar Abdullayevaning qo‘shig‘iga raqs tushayotgan Nilufar Usmonovaning homilador ekani taxmin qilingandi.
“Nilufar Usmonovaning Saida’zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o‘g‘illari bor”, – deyiladi xabarda.
Izoh (0)