Nobel mukofoti qo‘mitasi amerikalik mashhur xonanda Bob Dilanga adabiyot bo‘yicha nufuzli mukofot taqdim etilgani haqida xabar berish va taqdirlash marosimiga kelishini bilishga bo‘lgan harakatlarni to‘xtatdi. Bu haqda 17-oktabr, dushanba kuni The Guardian ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bu masalada hech narsa qilayotganimiz yo‘q. Biroq Dilan yaqindan hamkorlik qiladigan konsertmeyster bilan bog‘lanish va elektron pochta orqali tegishli xabar jo‘natishga erishdik. U bizga juda samimiy javob yo‘llashga ham ulgurdi. Hozircha shuning o‘zi ham yetarli. Xavotir olayotganimiz yo‘q, u o‘zidan darak beradi deb o‘ylaymiz”, — deya ta’kidladi Shvetsiya akademiyasi doimiy kotibi Sara Danius.
Bob Dilan unga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti taqdim etilgani e’lon qilingan kun — 13-oktabr, payshanbadan beri bu borada sukut saqlashda davom etmoqda. Mukofotni topshirish marosimi 10-dekabrda Stokgolmda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)