“Darakchi” sayti xonanda Nilufar Usmonovaning homilador ekanini tasdiqlovchi yana bir holatni aniqlagani haqida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, qo‘shiqchi Instagram sahifasiga joylagan suratga qoldirgan izohi bilan homiladorligi haqiqatga yaqin ekanligini isbotlagandek bo‘lgan.
Postda Hulkar Abdullayevaning “Yeyasim galdi” taronasi haqida shunday so‘z boradi: “Yok-ey ana ina galdi, kavob yiyasim galdi, shirkavob yiyasim galdi. Likillab durgangina qaltirab durgan dumbala salingangina kavob yeyasim galdi”.
Keyinroq Nilufar Usmonova mazkur taronaga quyidagicha ta’rif berdi: “Sevdim shu qizning ijodini. Esimdan ko‘tarilay debdi, ‘Paka-pak’ va ‘Lazgi’siga rosa — chap yonga, o‘ng yonga raqs tushibman. Kayfiyatinglar bo‘lmasa, Youtube’ga kirib, uning kliplarini ko‘ringlar”.
Surat ostiga izoh qoldirgan kuzatuvchilar Nilufar Usmonovaning holatida bu oddiy xol ekani haqida aytgan. Ma’lumot uchun, Hulkar Abdullayevaning “Yeyasim galdi” klipida homilador ayolning qiziqarli holati aks etgan.