Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi shifokori Eduard Bezuglov sun’iy qoplamali futbol maydonlari onkologik kasalliklarga olib kelmasligini aytdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq Gollandiyada havaskor futbol klublar sportchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaslik uchun sun’iy chimda o‘ynashdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Mutaxassislar sun’iy chim saraton kasalligining moyilligi oshishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Millionlab odamlar har kuni sun’iy qoplamali maydonda o‘ynaydi. Agar onkologik kasalliklarning kelib chiqish muammosi bo‘lganida, ko‘plab mamlakatlar bundan voz kechardi. Bu sohada qandaydir chuqur izlanishlar olib borilgan, deb o‘ylamayman. Sun’iy chimda o‘ynayotgan odamlarda onkologik kasalliklarning kelib chiqish xavfi yo‘q. Bu o‘ylab topilgan ma’lumot”, – dedi Bezuglov.
Izoh (0)