18-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 18-oktabr kuni ochiladigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘lu bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va ularni izchil rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda IHT TIVK 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Turkiya Elchisi Namiq Guner Erpul ishtirok etdi.
Izoh (0)