Turkmaniston parlamentining majlisida “Prezident saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Hujjatda saylov sanasi sifatida 2017-yilning 12-fevral kuni ko‘rsatildi, deb xabar beradi “Vestnik Kavkaza”.
Saylov kampaniyasida mamlakatda birinchi marta uchta partiya ishtirok etadi. Bular — Turkmaniston Demokratik partiyasi, Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi hamda Agrar partiya.
Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 15-sentabr kuni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining qo‘shma majlisida qilgan chiqishida 2017-yilgi saylovga tayyorgarlikni bugundan boshlash zarurligini ta’kidlab o‘tdi. U mazkur muhim ijtimoiy-siyosiy voqeani yuqori darajada, demokratik va muqobil asosda o‘tkazish lozimligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)