Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bahrayn mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatining “B” va “C” guruhlarida 2-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Foto: OFK matbuot xizmati

Foto: OFK matbuot xizmati

Turnirni KXDR yoshlarini 2:1 hisobida mag‘lub etish bilan boshlagan Vyetnam termasi, bu safar BAAdan 1 ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi — 1:1. Vyetnam 2-turdan keyin 4 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘lib turibdi.

Iroq terma jamoasi esa ilk turda BAAni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Bu safar iroqliklar KXDRga imkoniyat qoldirmadi — 4:0. Bu borada Iroq Osiyo Chempionatidagi eng yaxshi natijani qayd etib turibdi.

Qayd etish kerak, yaqindagina yakuniga yetgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati ham Iroqning chempionligi bilan esda qolgandi.

Osiyo Chempionati—U19 “B” guruhi. 2-tur 17-oktabr, dushanba

Vyetnam — BAA 1:1Iroq — KXDR 4:0

“C” guruhida Eron terma jamoasi qatorasiga ikkinchi turda ham ochko yo‘qotdi. Turnirni Qatar bilan 1:1 hisobidagi durangdan boshlagan Eron yoshlari, bu safar Yaponiya bilan murosaga rozi bo‘ldi — 0:0.

Kunning ikkinchi o‘yinida Qatar termasi Yaman ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. 2-turdan keyin Yaponiya va Qatar hisobida 4 tadan, Eronda esa 2 ochko bor. So‘nggi turda Yaponiya va Qatar o‘zaro1 tadan ortiq golli durang o‘ynasa, Eron musobaqadan chiqib ketadi.

Osiyo Chempionati—U19 “C” guruhi. 2-tur 17-oktabr, dushanba

Eron — Yaponiya 0:0Yaman — Qatar 0:1

Osiyo Chempionatining “D” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2-turni 18-oktabr kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?