Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) sobiq chempioni, braziliyalik taniqli jangchi Vitor Belfort Instagram’dagi sahifasida faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“O‘z xatosini tan olmagan rivojlanmaydi. Mukammallikdan yiroq ekanimni tan olaman, men oddiy insonman. Oktagonda (qafasga o‘xshagan ring — “Daryo” izohi) jang qilish istagimni asrashim kerak edi, lekin ushbu bobni yopaman. Dalda va tavsiyalar uchun barchaga tashakkur”, – deb yozdi 39 yoshli sportchi.
Vitor Belfort og‘ir vazn toifasida 1997-yilgi UFC’ning 12-turniri chempioni bo‘lgan. 2004-yilda esa yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)