Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahrida o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida IShID guruhining 19 a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda Gaziantep gubernatori Ali Yerliqoya bayonot berdi, deb yozadi “Vedomosti”.
Ularning yonidan 15 kilogramm trotil va tankka qarshi minalar topildi. Terrorchilar alaviylar madaniy markaziga hujum tayyorlagani aytilmoqda.
Gaziantepda aksilterror operatsiyasi 16-oktabr, yakshanbaning ertalabki soatlaridan olib borilmoqda. Operatsiya davomida huquq-tartibot organlarining uch xodimi halok bo‘ldi. Ilgari xabar qilinganidek, politsiyachilar ichida xudkush terrorchilar o‘rnashgan uyni qurshab oldi. Ulardan biri qo‘lga olindi, ikkinchisi esa, chekinish yo‘llari qolmaganini ko‘rib, egnidagi bombani harakatga keltirdi. Buning oqibatida uch politsiyachi halok bo‘ldi, sakkiz nafari yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)