Ispaniyaning Biskayya provinsiyasidagi (Basklar mamlakati avtonom viloyati) Lekeytio munitsipalitetida joylashgan g‘orlardan birida taxminan 50 ta qoyaga chizilgan rasm topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bundan 14 ming yil avval chizilgan rasmlar Arminche g‘origa kirishdan 50 metr uzoqlikda aniqlandi. Ularda asosan ot, zubr, echki, sher va boshqa jonivorlar aks ettirilgan.
“Ekspertlarga ko‘ra, ushbu qoyadagi rasmlar Pireney yarim orolida topilganlari orasida eng a’losi. Ularni haqiqiy mo‘jiza, insoniyat xazinasi deb atash mumkin”, — deya ta’kiladi Biskayya rasmiylari vakili Unay Rementeria.
Izoh (0)