Newark Liberty aeroportida (Nyu-Jersi shtati, AQSh) 2 kun mobaynida yo‘lovchi samolyotlarining ikkinchi to‘qnashuvi yuz berdi. Bu haqda Daily Mail ma’lum qildi.
12-oktabr, chorshanba kuni United Airlines layneri orqaga harakatlanayotganda joyida turgan Austrian Airlines havo kemasi bilan to‘qnashdi. Ikki laynerning bortida ham yo‘lovchilar bo‘lmagani sababli hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmadi. Biroq Austrian Airlines o‘sha kuni Venaga belgilangan reysni bekor qilishiga to‘g‘ri keldi.
Eslatib o‘tamiz, hodisadan bir kun avval Pekindan uchib kelgan va bortida 150 yo‘lovchi bo‘lgan United Airlines layneri Newark Liberty aeroporti uchish-qo‘nish maydonida qanoti bilan nemis havo kemasiga tegib ketgandi.
Izoh (0)