Samarqand tungi klublarida o‘tkazilgan reydlarda 200 nafarga yaqin kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqandning STV teleradiokompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi UzNews.
Bundan tashqari, tungi klub, restoran va internet kafelarning o‘ndan ortiq egasi ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Samarqand huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Bazalik”, “Voys”, “Uchrashuv”, “Daymond Xoll” va boshqa tungi klublarda o‘tkazilgan reydlarda mehnat qonunchiligi va sanitariya normalarini buzish holatlari aniqlandi. Huquq-tartibot xodimining so‘zlariga qaraganda, tungi klublar kechki 23 ga qadar ishlashi lozim. Aks holda tungi muassasalarning egalariga nisbatan choralar ko‘riladi.
Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida shahar hokimiyati tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda viloyatning tungi klublarida 700 dan ortiq reyd o‘tkazilgan. Natijada huquqbuzarlik holatlari sezilarli darajada kamaygan.
Izoh (0)