Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ofisi qoshida 14-oktabr, juma kunidan boshlab fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki masalalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda “Daryo”ga Ombudsman matbuot xizmati ma’lum qildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya quyidagi masalalar yuzasidan malakali yuridik maslahatlarni taqdim etadi:
- Fuqarolarga saylov huquqi kafolatlari, jumladan, bo‘lajak prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ma’lumotlarni yetkazish;
- Saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish va unga fuqarolarni kiritish tartibi;
- Fuqarolar siyosiy partiyalar nomzodlarining saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etishi imkoniyati;
- Ovoz berish, xususan, muddatidan avval, saylovchi bo‘lib turgan joyda ovoz berish, saylov byulletenini to‘ldirish tartibi;
- Uchastka saylov komissiyalari qarorlari ustidan yuqori komissiyalar yoki sud organlariga shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
Izoh (0)