O‘zbekistonning tog‘li hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 14-oktabr, juma kuni kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishi ehtimoli bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 14-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati -2...+3 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +1...+6 daraja, Toshkent shahrida +5...+7 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +5...+10 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +8...+13 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +10...+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
14-oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +3...+8 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Toshkent shahrida +10...+15 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +13...+18 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +19...+24 darajagacha iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 14-oktabrga o‘tar kechasi va 14-oktabr kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamolning tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)