Janubiy Koreya janubi-sharqidagi Ulsan shahri tashqarisida avtobus halokatga uchradi va yonib ketdi. Oqibatda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, yetti kishi jarohat oldi, deb yozadi “TASS” Yonhap agentligiga tayanib.
Shosse bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusning shinasi yorilgach, u to‘siqqa urilib, yonib ketgan. Hodisa Toshkent vaqti bilan 13-oktabr 18:00 da sodir bo‘lgan. Avtobusda 20 ga yaqin kishi bo‘lgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yuborildi. Hodisa joyida politsiya ishlamoqda.
Izoh (0)