Shotlandiya milliy partiyasi rahbari Nikola Sterjen Shotlandiya mustaqilligi haqidagi ikkinchi referendum o‘tkazilishini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Glazgodagi partiya konferensiyasida u referendum o‘tkazish haqidagi qonun loyihasi kelasi hafta chop etilishini ma’lum qildi.
“Shotlandiya, agar bu mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa, Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqquniga qadar mustaqillik haqidagi masalani qayta ko‘rib chiqishi kerakligiga ishonchim komil”, — dedi Sterjen.
Shotlandiya mustaqilligi haqidagi birinchi referendum 2014-yil 18-sentabrda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda ovoz beruvchilarning 55 foizi Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga qarshi bo‘lgan edi.
Izoh (0)