Xalqaro koalitsiya “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida Suriya shimolida IShIDning 24 jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Anadolu agentligi manbalariga ko‘ra, aksilterror operatsiyasi davomida IShID obyektlariga jami 9 marotaba aviazarba berildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)