Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) yaqin 10 yil davomida 211 ta milliy assotsiatsiyaga 4 milliard dollar ajratadi. Bu haqdagi ma’lumot FIFA Kengashining 13–14-oktabr kunlari Syurixda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida taqdim etilgan tashkilotning “yo‘l xaritasi”da keltirilgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
FIFA o‘z tarixida birinchi marta “FIFA 2.0: Kelajakka nazar” nomli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi. Ushbu hujjat samarali futbol rivojlanishi uchun kuchli institutni barpo etish maqsadida yaratilgan.
FIFAning rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan 4 milliard dollardan har yili milliy assotsiatsiyalarga 100 million dollardan, boshqaruv va nazorat uchun investitsiya sifatida beriladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, FIFA yaqin 10 yil ichida ayollar futbolini rivojlantirish, shuningdek, ayollar jamoalari o‘rtasida professional ligalar tashkil qilish uchun 315 million dollar ajratadi.
Izoh (0)