Londonning ICE birjasida dekabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 1,1 foizga pasayib, bir barreli uchun 50,9 dollarni tashkil etdi. Bunday holat 4-oktabrdan beri birinchi bor kuzatilmoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Neft kotirovkalari AQShdagi xomashyo zaxiralari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan so‘ng pasaydi. Jumladan, mamlakat energetika vazirligiga ko‘ra, neftning tijoriy zaxiralari hafta mobaynida (30-sentabrdan 7-oktabrgacha) 4,9 million barrelga ko‘payib, 474 million barrelga yetgan.
Bloomberg agentligi tomonidan so‘rov o‘tkazilgan tahlilchilar zaxiralar 0,65 million barrelga oshishini kutgandi.
Izoh (0)