BMT Xavfsizlik Kengashi Gaitidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha BMT missiyasining harbiy va politsiya tarkibini o‘zgarishsiz qoldirib, uning mamlakatda bo‘lish muddatini yarim yilga uzaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qabul qilingan rezolyutsiyada ta’kidlanishicha, Gaiti murakkab gumanitar muammolardan aziyat chekishda davom etmoqda. Shuningdek, mamlakatda olti yildan buyon davom etayotgan vabo epidemiyasiga chalinish holatlari oshganligi ma’lum qilingan.
Hujjatga ko‘ra, BMT missiyasi Gaitida 2017-yilning 15-apreliga qadar bo‘ladi hamda uning tarkibi o‘zgarishsiz — 2 370 nafar harbiy xizmatchi va 2 601 nafar politsiyachidan iborat tarkibda qoldiriladi.
BMT Xavfsizlik Kengashi Missiyani mamlakatdan chiqarib ketish maqsadida tashkilot kotibiyatidan kelgusi yilning apreliga qadar Gaitidagi vaziyatni strategik baholashni iltimos qildi.
Izoh (0)