O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Dilshod Urinbayevich Aripov, Qobiljon Xudoyberdiyevich Komilov va Nodir Muxammadiyevich Xudoyarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyalari etib saylansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ilgariroq Senat “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)