Sarai Bareman Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tarixidagi ayollar futboli bo‘limining birinchi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“FIFAning ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish siyosatiga asoslanib, Bareman moliya va futbol boshqaruvi sohasidagi tajribasini ayollar futboli rahbari lavozimiga o‘tkazadi”, – deyiladi FIFA matbuot xizmatining xabarida.
Sarai Bareman Samoa ayollar terma jamoasi a’zosi bo‘lgan. Bundan avval u Okeaniya futbol konfederatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Sarai Bareman yangi lavozimida 14-noyabrdan ish boshlaydi.
Izoh (0)