Indoneziyaning Yava orolidagi Solo daryosida qayiqning halokatga uchrashi oqibatida yetti maktab o‘quvchisi qurbon bo‘ldi. Bu haqda, Detik nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, politsiya va qutqaruvchilar bolalarning tanalarini topishga qariyb ikki kun vaqt sarflagan. Ular mahalliy islomiy maktab o‘quvchilari bo‘lgani ma’lum.
Huquq-tartibot organlari xodimi Dudungning so‘zlariga qaraganda, halokat chog‘ida qayiq bortida 25 kishi bo‘lib, ularning aksariyati o‘z kuchi bilan qirg‘oqqa chiqib olgan.
Fojia sababi sifatida qayiq bortida belgilanganidan ko‘proq odam bo‘lgani ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)