Gaitida “Mettyu” dovuli oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 572 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 478 kishini tashkil qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
Dovullar mavsumi Atlantikada 1-iyundan 30-noyabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)