Yaponiya hukumati amaldagi imperator Akixitodan voz kechish uchun faqat unga nisbatan amal qiluvchi maxsus qonun ishlab chiqarish kerak deb hisoblaydi. Bu haqda vazirlar mahkamasining parlament deputatlaridan birining so‘rovnomasiga yuborilgan yozma javob xatida ma’lum qilingan, deb yozadi “TASS”.
Konstitutsiyaga muvofiq yapon imperatorlari taxti tegishli qonunga muvofiq topshiriladi. Biroq u taxt faqat avvalgi monarxning o‘limidan so‘ng meros o‘tishi tartibini belgilaydi.
“Shuning uchun amaldagi qonunchilikdan alohida holat uchun istisno etishga ruxsat beruvchi maxsus qonun qabul qilish lozimligi taxmin qilinmoqda”, — deyiladi hukumat javobida.
Avgustda 82 yoshli imperator Akixito keksa yoshi tufayli taxtdan voz kechish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Bu haqda u xalqqa videomurojaatida ma’lum qilgan.
Izoh (0)