Fransiyaning Total kompaniyasi asosiy yo‘nalishdan tashqari aktivlardan qutulish siyosati doirasida o‘zining kimyoviy bo‘linmasi — Atotech’ni AQShning The Carlyle Group guruhiga 3,2 milliard dollarga sotadi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, AQSh kompaniyasi to‘laydigan narx Atotech’ning 2015-yildagi EBITDA ko‘rsatkichidan 12 barobarga kattaroqdir.
Atotech tarkibida dunyoning 40 mamlakatida 4 ming kishi ishlaydi.
Izoh (0)